(53479)

OZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI


JAHON IQTISODI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI


SIYOSATSHUNOSLIK KAFEDRASI















Mavzu:Birinchi jahon urushi davrida xalqaro munosabatlar








Tayyorladi:Sultonov B.N.3-1a-00,XM

Tekshirdi:T.f.d.,prof., Farmonov R.F.













TOSHKENT-2003

Mundarija








  1. Kirish 3

  2. Urushning sabablari 4

  3. Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari 5

  4. Germaniyaning bosqinchilik rejalari 7

  5. 1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar 8

  6. Bolgariyaning urushga qoshilishi 12

  7. Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya 14

  8. Birinchi jahon urushining yakunlanishi 17

  9. Xulosa 18

  10. Foydalanilgan adabiyotlar 19
























Kirish

XIX asr oxiri XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni qaytadan bolib olish uchun bolgan kurash Evropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga olib keldi.Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi guruhga esa Angliya, Franciya, chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Amerika Qoshma Shtatlari va boshqa davlatlar qoshildilar.

Davlatlarning mazkur ikki guruhi ortasida mustamlakalarni bolib olish, tasir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida vujudga kelgan kuchlarning yangicha ozaro nisbatiga mos ravishda yangi jaxon tartiblarini qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli va ayovsiz kurashning oziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar uchun emas, balki hali bolib olinmagan yerlarni qolga kiritish uchun intilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi. Bu dunyoni qaytadan bolib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohida imtiyozlarga ega bolish uchun kurash edi.

1914 yil yozida Germaniya qayta qurollanish boyicha Antanta mamlakatlarini, harbiy tayyorgarlik boyicha Rossiya va Franciyani ortda qoldirdi. Mamlakat armiyasini jangovor holatga keltirish rejasi 1914 yil 31 martdayoq tayyorlab qoyilgan edi. Bu narsa Germaniyaga juda qol kelar edi. Chunki u oz raqiblaridan ustunlikka erishgan va urushni boshlash uchun eng qulay vaziyat edi. Ushbu ustunlik ham birinchi jahon urushining tezlashishiga sabab boldi.

Avstriya imperatori Franc-Iosif(1830-1916) ancha keksaygan va hayotining songgi kunlarini okazmoqda edi. U mamlakatning songgi podshoxi bolib, deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka hukmronlik davlati tarafdori edi. Avstro-Vengriya siyosiy hayotida uning jiyani, taxt vorisi ercgercog Franc-Ferdinandning ahamiyati katta edi. U Serbiyani tor-mor qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy partiyaning rahbari edi. 1914 yil iyun oyi songida Franc-Ferdinand Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik korayotgan Avstriya qoshinlarini korikdan otkazish uchun Bosniyaga borishga qaror qiladi.

Sarayevo shaxri boylab sayohati chogida Franc-Ferdinand va uning xotini serb armiyasi oficerlaridan tuzilgan Qora qol tashkiloti azolari tomonidan oldiriladi.

Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatda nizoni balki diplomatik yol bilan hal qilsa bolar edi, ammo sodir bolgan bu voqea Germaniya va Avstro-Vengriya uchun qulay paytda urushni boshlash imkoniyatini tugdirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor emasligini bilsalar-da, Rossiya ozining imkoniyatlarini safarbar qila olishini va ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglar edilar.

Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914 til 23 iyulda Serbiyaga ultimatum berdi. U ozini hurmat qiladigan hech bir davlat qabul qila olmaydigan qopol va keskin uslub bilan bitilgan edi. Berlin va Venadagilar xuddi shunday bolishiga umid boglagan edilar. Rossiyaning Avstro-Vengriya va germaniyani tinchlantirishga urinishlari behuda ketdi. Jang shiddat bilan yaqinlashib kelar edi. Urush bombasi Yevropada, uning portlovchi ozagi esa Sarayevoda edi. Bu bomba 4malgam portladi. 1914 yil 29 iyulda Rossiya imperatori Nikolay II harbiy safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi. 1 avgust kuni ham Germaniya safarbarlik elon qildi va shu kiniyoq Rossiyaga urush ochdi. Rus-german urushi boshlandi. 1914 yil 3 avgustda Germaniya Franciyaga urush elon qildi. 4 avgustda esa Angliya Germaniyaga urush elon qildi. Urush gildiragi shiddat bilan aylanib ketdi. 1914 yil 23 avgustda Yaponiya Germaniyaga urush elon qildi va uning Xitoydagi bir qator yerlarini, shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli bolgan bir qancha orollarini bosib oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani qollab-quvvatladi.1914 yil 22 iyulda Turkiya harbiy vaziri shu haqda 4malgam berdi. 1914 yil 2 noyabrda Rossiya, 5 va 6 noyabrda esa Angliya va Franciya Turkiyaga urush elon qildi. Nihoyat uzoq kelishuvlardan song 1915 yil 23 mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush elon qildi. Shu tariqa birinchi jahon urushi boshlanadi.

Urushning sabablari

Urushning eng asosiy sabablari bu Yevropa davlatlarining ikki harbiy-siyosiy guruhi Antanta va Uchlar ittifoqi ortasida dunyoni qaytadan bolib olish uchun kurash va jahon bozorida tasir doiralarini qaytadan bolib olish , yangi yerlar zabt etish uchun kurash edi.

Har bir urushayotgan davlatning malum bir maqsadi bor edi. Germaniyaning asosiy maqsadi Angliya va Franciyaning mustamlakalarini bosib olish, Franciya va Rossiyani kuchsizlantirish, Yevropa va Osiyoda( Sharqiy Orta Yer dengizi mamlakatlari, Turkiya) oz hukmronligini ornatish edi.

Avstro-Vengriya - Bolqonda tasir doirasini kengaytirish, zulm ostidagi slavyan xalqlarining milliy-ozodlik harakatini bostirish;

Angliyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish, uning mustamlakalarini bir qismini bosib olish, Usmoniylar imperiyasini bolish edi.

Franciyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish Germaniyaning Elzas va Lotaringiya, Saar viloyatlarini, Reyn viloyatining bir qismini qaytarib olish;

Rossiyaning asosiy maqsadi Bolqonda va Bosfor hamda Dardanel bogozlarida oz hukmronligini ornatish, Germaniyani kuchsizlantirish, Avstro-Vengriyaning Bolqondagi hukmronlik havfini bartaraf etish;

Italiyaning asosiy maqsadi Afrika va Bolqonda yangi hududlar egallash edi.

Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari

Hali urush boshlanishidan kop vaqt otmay, Antanta davlatlari ortasida kelajak oljani qay tarzda bolib olish haqida muzokaralar boshlanib ketdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchi davlatlarlar elchilari Paleolog va Byukenenga dunyoni urushdan keyen bolish rejalarini topshirdi. Bu dastur Germaniya va uning ittifoqchilarini tola maglubiyatga uchratishni kozda tutar edi. Uning mazmuni quyidagicha edi:

1)Ittifoqchilarning eng asosiy maqsadi Germaniyaning harbiy qudratini sindirishdan iborat; 2)hududiy ozgarishlar faqat milliy asosda otkazilishi lozim; 3)Rossiya ixtiyoriga Nemanning quyi oqimi va Sharqiy Galiciya otishi kerak edi; Poznan, Sileziya va Garbiy Galiciya Polshaga otishi kerak edi(uni Rossiyaga qaram davlat sifatida tiklash moljallangan edi); 4)Franciyaga Elzas-Lotaringiya qaytarib berilar,Reyn viloyati va Palatinatning bir qismi berilar edi; 5)Belgiyaning hududi Germaniya hisobiga kengaytirilar edi; 6)Shlezvig va Goldshtein Daniyaga qaytarib berilar edi; 7)Prussiya tomonidan 1866 yil anneksiya qilingan Gannover qirolligi qayta tiklanishi kerak edi; 8)Avstro-Vengriya uch davlat Avstriya, Vengriya va Chexiyadan iborat monarxiyaga aylantirilishi lozim edi; 9)Serbiyaga Bosnia, Dalmaciya, Gercegovina va Shimoliy Albaniya berilishi kerak edi;10) Serb makedoniyasi Bolgariga berilishi kerak edi; 11) Valona Italiyaga, Janubiy Albaniya Greciyaga berilar edi;12) German mustamlakalari Angliya, Franciya va Yaponiya ortasida bolib olinishi kerak edi; 13)Germaniya va Avstriyadan kontributciya undirib olinishi kerak edi.

Bu dasturdan korinib turibdiki Rossiya asosan ozining manfaatlaridan kelib chiqqan holda bu masalaga yondoshgan. 26 sentyabrda Rossiya qoshimcha talab bilan chiqdi. U Rossiya kemalarining bogozlardan erkin, hech qanday tosiqsiz kechishini kozda tutar edi. Lekin rus hukumati Turkiya hududini bosib olish davolarini hali qilmagan edi.

Turkiyani bolib olish masalasini ilk bor ingliz diplomatiyasi ilgari surdi. Sazonovning dasturiga oz munosabatlarini bildira turib, Angliya tashqi ishlar vaziri Grey:Agar Turkiya Germaniyaga qoshilsa, bu davlat barham topishi kerak- dedi. U tinchlik dasturiga german flotinig topshirilishi, Kil kanalining neytrallashtirish, Italiya va Ruminiyaning manfaatlari hisobga olinish kabi qoshimchalar qoshilshi kerakligini takidladi. Lekin Grey Franciyaga Reyn viloyati berilishiga qarshi chiqdi. Shunday qilib urushning dastlabki kunlaridan ittifoqchilar ortasida mustamlakalar borasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi.

Turk merosini bolib olish borasida 1914 yilning ozidayoq diplomatik kurash avj oldi. Ruslar uchun Turkiyaga zarba berishning eng qulay yoli Erondan, turklarning ong qanotini aylanib otib zarba berish edi. Ingliz hukumati bunga yol qoyishni istamas edi. Grey rus elchisi Bekkendorf bilan suhbatida uni shu narsaga ishontirishga harakat qilar ediki, rus hukumati Eron hududidan Turkiyaga qarshi urushda foydalanmasligi kerak edi. Uning fikricha Rossiya oz kuchlarini german frontidan chalgitmasligi kerak edi. Germaniya bilan kurash Turkiya bilan urushning natijasini hal qilar edi. U agar Germaniya maglubiyatga uchratilsa, Konstantinopol(Istanbul) va bogozlar masalasi Rossiya foydasiga hal qilinishini takidlaydi.






- .
, VIP-.
. .